Sport | 09:38 / 21.07.2015
1780
1 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Yunayted" Myuller uchun "Bavariya"dagidan 2 barobar ko‘p maosh to‘lamoqchi

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller "Manchester Yunayted"ga o‘tishga tayyorlanmoqda.

Inglizlar klubi ushbu hujumchi uchun rasmiy taklif bilan chiqish arafasida turibdi.
The Guardian nashri xabariga ko‘ra, "MYu" rahbariyati Myuller uchun "Bavariya"ga 100 mln yevro berib, futbolchining o‘ziga haftasiga 265 ming funt maosh tayinlashni rejalashtirgan.

Ammo nemislar jamoasi hujumchini qo‘yib yubormoqchi emasligini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish