Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
McDonald's’ning sara restorani Tokioda bir kechaga ochiladi
AQShning McDonald's kompaniyasining sara restorani 27 iyul kuni Tokioda faqatgina bir kechaga ochiladi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri. Bundan maqsad McDonald's’ning Yaponiyadagi imijini yaxshilashdan iborat.
Restaurant M deb nomlangan ushbu restoranga tashrif buyuruvchilarga bir nechta taom taklif etiladi. Xususan, mehmonlar kartoshka fridan tayyorlangan vishisuaz sho‘rvasi, sabzavotlardan tayyorlangan jyele hamda Fresh Mac burgeri va qahva bilan shirinliklar tanovul qilib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Taomlar sopol idishda kumushdan ishlangan oshxona anjomlari bilan tortiq qilinishi mo‘ljallanmoqda.
Restoranga har biri 20 kishidan iborat 10 ta guruh tashrif buyurishi mumkin. Restorandagi joylar lotereya o‘ynash orqali taqsimlangan, g‘oliblar nomlari e'lon qilingan.
Avvalroq Oq uyning sobiq matbuot kotibi Robert Gibbs McDonald's’ning aloqalar bo‘yicha rahbari bo‘lishi ma'lum qilingandi. Gibbsga davlat tuzilmalari va jamoatchilik bilan aloqalarga javob berish vazifa yuklangan, uning asosiy maqsadi McDonald's’ning imijini yaxshilashdan iborat.