Sport | 10:51 / 21.07.2015
2004
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Meyvezer 12 sentabr kuni Bertoga qarshi jangga chiqadi

Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer Andre Berto bilan 12 sentabr kuni jang o‘tkazish haqida shartnoma imzolagan. Bu haqda TMZ sayti xabar qildi.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar Nevada shtatidagi Las-Vegas shahrida joylashgan sport saroyida 12 sentabr kuni 12 raundlik jang o‘tkazish bo‘yicha kelishib olishgan.

Berto bu ma'lumotni tasdiqladi. U o‘zining bu imkoniyatidan foydalanishga urinib ko‘rishi haqida aytib o‘tgan.

Qayd etish joizki, bu jang Floyd Meyvezer uchun Showtime telekanali bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra o‘tkazilishi kerak bo‘lgan janglardan biri bo‘ladi. Bokschi o‘sha kungi jang faoliyatidagi eng oxirgi jang bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Meyvezer 66,68 kg vazn toifasida WBC, WBO, WBA kamarlariga egalik qiladi. 7 iyul kuni undan kamari olib qo‘yilgan. Uning hisobida 48ta g‘alabali o‘yin bor (48-0, 26 KO).

31 yoshli Berto esa 30 marta g‘alabali o‘yin o‘tkazgan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan. U oxirgi marta shu yilning martida WBA tituli uchun Xosesito Lopesga qarshi ringga chiqib, g‘olib bo‘lgandi. U 2008-2010 yillar mobaynida WBC kamariga egalik qilgan, 2011 yildan esa IBF bo‘yicha kamarni olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish