O‘zbekiston | 10:25 / 21.07.2015
2362
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqni ichimlik suvi bilan ta'minlash yaxshilanadi

15 iyul kuni Vazirlar Mahkamasi “Olmaliq shahri ichimlik suvi ta'minoti tizimiga zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjat Olmaliq shahri aholisining turmush darajasini yaxshilash, ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish, ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar tannarxini tushirish, energiya tejovchi texnologiyalarni tizimga joriy qilib borish, tabiiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Modernizatsiya jarayonida zamonaviy jihozlar Daniyaning Grundfos kompaniyasi tomonidan tender savdolari o‘tkazilmagan holda yetkazib beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish