Sport | 17:21 / 21.07.2015
2203
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olimpiada terma jamoasi Butunjahon maxsus olimpiadasida ishtirok etadi

O‘zbekiston maxsus olimpiada terma jamoasi 2015 yilning 21 iyul-2 avgust kunlari AQShning Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon maxsus olimpiadasida ishtirok etadi. Bu haqda gazeta.uz nashri xabar bergan.

MOTJning 20 nafar a'zosi sportning yengil atletika, suv sporti, badiiy va sport gimnastikasi, stol tennis hamda badminton turlarida ishtirok etishadi.

Maxsus olimpiada o‘yinlari butunjahon sport harakati bo‘lib, imkoniyatlari cheklangan insonlarning yil davomida sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlarini ta'minlash maqsadida tashkil qilib kelinadi. Shuningdek bu tadbir reabilitatsiyaga muhtoj insonlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari mazkur musobaqaga 24 iyundan 8 iyulgacha Toshkent viloyatidagi Dukent (Yangiobod) bazasida tayyorgarlik olib borishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish