Jamiyat | 18:16 / 21.07.2015
4824
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi davlat fondi va kinokonsern tashkil qilinadi

O‘zbekiston Hukumati milliy kinematografiyani rivojlantirish dasturini ishlab chiqdi. Unda mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish maqsadida soha vakillarini chet elga malakaga oshirishga jo‘natish onlayn kurslar va boshqa shu kabi turli chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan.

«O‘zbekkino» milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar bilan 2015 yilning III choragiga qadar «Kinematografiya to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini tayyorlashi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, «O‘zbekkino» 2015 yilda kino sanoatini 2016-2020 yillarda modernizatsiya qilish bo‘yicha dastur tuzishi kerak bo‘ladi. Shuningdek Agentlik zimmasida yagona chipta tizimini yaratish bo‘yicha taklif kiritish ham yuklatilgan.

Hujjatning bir qismi sifatida shuningdek, «O‘zbekkino» MA va mahalliy ma'muriy organlar bilan hamkorlikda hududlardagi kinoteatrlar faoliyatini o‘rganishi va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qiladi. Bundan tashqari har bir hududda kamida bitta yuqori toifadagi kinoteatrlar faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Hujjatda shuningdek, filmlar suratga olish uchun yangi davlat fondi va «O‘zbekfilm» qoshida yangi kinokonsern tashkil qilish haqida band akst etgan. Rejada shuningdek mahalliy filmlarning aholi o‘rtasida targ‘ibotini kuchaytirish ham ko‘zda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish