Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Germaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi
2015 yilning 20-26 iyul kunlari Germaniyaning Galle shahrida «Maritim Hotel» saroyida an'anaviy «Kimyogarlar kubogi» 42-xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Boks federatsiyasi axborot xizmati xabar tarqatdi.
Mazkur turnirda 15ta davlatdan — Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Fransiya, Vengriya, Koreya, Mo‘g‘uliston, Polsha, Daniya, Chexiya, Avstriya, Finlyandiya, Gollandiya, Shveytsariya va Germaniyadan — 95 nafar bokschi ishtirok etadi. Turnir AIBA qoidalari asosida 10 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Bu yilgi turnirda O‘zbekiston terma jamoasi sharafini: Hasanboy Do‘smatov (49 kg.gacha vazn toifasida), Abrorjon Qodirov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Burgut Xojiboyev (-60 kg), Shahram Ilyosov (-64 kg), Isroil Madrimov (-69 kg), Ulug‘bek Haqberdiyev (-75 kg), Zuhriddin Mahkamov (-81 kg), Rustam Tulaganov (-91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) himoya qilishadi.
Rustam Saidov terma jamoa bosh murabbiyi sifatida turnirga yo‘l oladi. Shuningdek murabbiylar shtabidanTo‘lqin Qilichev va Abduvali Shomirzayev o‘rin olishgan.