Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:18 / 21.07.2015
3443
1 daqiqa o‘qiladi
Shimoliy Koreya AQSh bilan Eron singari shartnoma tuzishdan manfaatdor emas
Shimoliy Koreya Eron yadroviy dasturi atrofida bo‘lgani singari dialogda ishtirok etishni istamaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Bizning vaziyatni Eron yadroviy dasturi bilan qiyoslash o‘rinsiz, negaki bizni doimo AQSh qurolli kuchlari provokatsiya qiladi”, – deyiladi bayonotda.
Vazirlikning ta'kidlashicha, ular Shimoliy Koreyani yadroviy dasturdan voz kechishga chaqiradigan hech qanday dialogdan manfaatdor emas.