Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ueyn Runi: Yangi mavsumda 20tadan ko‘proq gol urishimga ishonchim komil
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Ueyn Runi yangi mavsumda gol urish bo‘yicha sermahsullik namoyish qilishga ishonchi komil ekanini aytib o‘tdi.
"Men endi markaziy hujum chizig‘ida o‘ynayman. Bu men uchun ayni muddao. Mazkur chiziqda o‘ynagan mavsumlarimda ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘lganman. Ishonchim komil, yangi mavsumda ham raqiblar darvozalariga 20tadan ortiq to‘p kirita olaman. Murabbiy va jamoadoshlarim ishonchini oqlayman.
Men bu vazifani bajarishda o‘z zimmamga barcha mas`uliyatni olaman va jamoa to‘purari bo‘laman", deydi Runi.