Jahon | 15:51 / 21.07.2015
4740
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada 3 ming nafar prokuror ishdan bo‘shatildi

Ukraina bosh prokuraturasi 3 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda UNIAN nashri xabar bergan.

"Prokuratura haqidagi yangi qonun kuchga kirdi. Mening buyrug‘im bilan sohadagi 3 ming xizmatchi ishdan bo‘shatildi", deb ma'lum qildi mamlakat bosh prokurori Viktor Shokin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar tizimda ishlayotgan xodimlar soni 15000 nafar edi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda bosh prokuratura 700 bo‘sh ish o‘rni haqida e'lon qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish