Sport | 18:56 / 21.07.2015
1855
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Klichko Germaniyaning RTL telekanali bilan shartnomasini uzaytirdi

Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasining uchta yo‘nalishi chempioni ukrainalik Vladimir Klichko Germaniyaning RTL telekanali bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda DRA agentligi kanal rahbariyati bergan ma'lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Kelishuv 2016 yil so‘nggiga qadar amal qiladi va beshta Klichko jangini o‘z ichiga oladi. Shartnomaning moliyaviy shartlari oshkor qilinmayapti.

OAVlarda yozilishicha, hozirda amalda bo‘lgan shartnoma ham beshta jangga tuzilgandi va har bir jang uchun ukrainalik bokschi 3 mln yevro miqdorda mukofot puli olib kelgan.

Klichkoning navbatdagi jangi britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi 2015 yilning 24 oktabrda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tadi. Ukrainalik bokschi jangda WBO, WBA, IBF yo‘nalishlari kamarini himoya qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish