Jahon | 06:45 / 21.07.2015
3094
1 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda qurilishda o‘zbekistonlik ish boshqaruvchi halok bo‘ldi

Rossiyaning Volgograd viloyati Yelan tumanida 44 yoshli o‘zbekistonlik ish boshqaruvchi o‘t o‘chirish deposi qurilishiga ishchilar bilan gaplashish va ishlar qanday ketayotganini ko‘rish uchun kelganida halok bo‘ldi. Marhum obektning eng baland nuqtasiga ko‘tarilib, atrofni kuzatayotganda pastga qulab tushdi.

U zudlik bilan Yelan tumani markaziy shifoxonasiga olib ketilgan. Shifokorlar erkakning hayotini saqlab qolishga qo‘llaridan kelgan barcha narsani qilishlariga qaramasdan, jabrdiyda olingan jarohatlar tufayli vafot etdi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish