Jahon | 08:24 / 21.07.2015
1876
2 daqiqa o‘qiladi

XVJ Gretsiyadan muddati o‘tib ketgan to‘lovlarni oldi

Gretsiya Xalqaro valyuta jamg‘armasi oldidagi o‘z muddatida to‘lay olmagan 2 mlrd yevrolik qarzini uzdi. Afina XVJ krediti bo‘yicha 1 va 13 iyuldagi oxirgi ikkita to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshira olmagan edi.

20 iyul kuni Afina Yevroguruhdan qarzdorning joriy qarzlarini to‘lash uchun sarflanadigan qisqa muddatli kredit – 7 mlrd dollarlik bridj-kredit olgan edi. Ushbu pullar Gretsiyaning XVJ va Yevropa Markaziy banki oldidagi qarzlarini uzish uchun sarflandi.

16 iyul kuni Gretsiya islohotlar haqidagi qonunni qabul qildi. Bu qonunga ko‘ra mamlakatda XVJ, YeMB va Yevrokomissiya talab qilgan qattiq tejamkorlik tartibi o‘rnatiladi. Bu chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga 61,31 foiz greklar qarshi chiqqan edi.

Yaqin uch yil ichida Afina Yevropa Kengashidan 86 mlrd yevro kredit olishi kutilmoqda. XVJda bu dastur davlatni inqirozdan saqlab qolmasligi ta'kidlanmoqda. Jamg‘arma ekspertlari kreditlar bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini 30 yilga cho‘zishni va qarzlarning katta qismini kechib yuborishni taklif qilmoqdalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish