Jahon | 00:53 / 22.07.2015
3076
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik dasturchi yuzlab odamlarni zaharlash maqsadida FQB xodimidan zahar sotib olmoqchi bo‘lgan

Muhammad Ali ismli britaniyalik dasturchi internet orqali odam hayoti uchun juda xavfli hisoblangan ritsin zaharini sotib olmoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Ali ushbu zaharni dastlab hayvonlarda sinovdan o‘tkazib, so‘ngra u yordamida yuzlab odamlarni o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Ayblanuvchi 500 mg zaharni 500 dollarga sotib olish uchun AQShda sotuvchi topgan. Bu odam aslida Federal qidiruvlar byurosi xodimi bo‘lgan. FQBdan Aliga ko‘rinishi risinga o‘xshagan oddiy kukun yuborilgan.

Politsiya Alining kompyuterida “ritsini bor yigitga pul to‘lash”, “o‘ldirish uchun hayvon topish” kabi bandlari bo‘lgan ro‘yxatni topgan.

Ali kimyoviy qurol yaratmoqchi bo‘lgani inkor etmoqda. Qayd etilishicha, politsiya yigitning terrorchilik guruhlari bilan aloqasi borligini aniqlay olmagan.

Avvalroq amerikalik bir ayol AQSh prezidenti Barak Obamaga ritsin solingan maktublar jo‘natgani uchun 18 yil ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish