Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:36 / 22.07.2015
4523
1 daqiqa o‘qiladi
Gabon prezidenti: Messi mamlakatimizga kelgani uchun hech qanday pul olmadi
Gabon prezidenti Bongo Ondimbining matbuot xizmati Lionel Messining Gabonga kelib, yangi stadionning ilk g‘ishtini qo‘yish marosimida ishtirok etgani uchun 3,5 mln yevro miqdoridagi haq olgani haqidagi xabar asossiz ekanligini ma'lum qildi.
21 iyul kuni Port-Jantile shahrida 2017 yilgi Afrika Millatlar kubogi uchun yangi stadion qurilishi boshlangani va unda Messi ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.
"Gabon hukumati argentinalik futbolchiga bu tashrifi uchun hech qanday pul bermadi", deyiladi rasmiy bayonotda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish