Iqtisodiyot | 22:08 / 22.07.2015
10991
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada birinchi islom banki ochildi

Germaniyada birinchi islom banki ochildi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.

KT Bank AG deb nomlanuvchi bu bank Kuveyt Türk Bank quvayt-turk moliyaviy institutiga tegishli hisoblanadi. Bank nemis musulmonlariga moliyaviy xizmat ko‘rsatish uchun ochildi.

KT Bank AG’ning baholashicha, Germaniyadagi musulmon ahli 4-5 mln kishini tashkil qiladi. Bundan tashqari, bank kichik va o‘rta biznes, ko‘chmas mulk savdogarlari hamda quvaytlik investorlarning sarmoyalarini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Bank qurol-aslaha, spirtli ichimliklar va tamaki sotishni moliyalashtirishda ishtirok etmaydi va shariat qonunlariga ko‘ra, foiz olmaydi, ya'ni sudxo‘rlik qila olmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish