Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 21:29 / 22.07.2015
3537
1 daqiqa o‘qiladi
Google kompaniyasi YouTuBe ilovasida vertikal videolarni ko‘rish imkonini yaratdi
Google kompaniyasi Android uchun mo‘ljallangan YouTuBe ilovasida to‘liq ekran ko‘rinishida vertikal videolarni ko‘rish imkonini yaratdi. Bu haqda Android Police xabar bermoqda.
Yangilangan ilovada vertikal videolarni qulay boshqaruv elementlari bilan ko‘rish mumkin bo‘ladi. Bungacha Google vertikal videolarni qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratishga e'tibor qaratmayotgan hamda foydalanuvchilarni ham vertikal video olmaslikka o‘rgatayotgan edi.