Fan-texnika | 11:35 / 22.07.2015
2931
2 daqiqa o‘qiladi

Michiganda avtopilotlarda ishlovchi mashinalarni sinovdan o‘tkazish uchun shahar qurildi

Michigan universitetida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazish uchun Mcity deb nomlangan poligon ochildi. 

Mcity poligonida yo‘l belgilari, fonarlar, uylar fasadlari, yo‘lovchilar yo‘laklari va ta'mirlanayotgan yo‘l qismlari, chorrahalarga ega turli shahar ko‘chalariga ega “shaharcha” bunyod etildi. Poligonda shahar tumanlaridan tashqari, shahar tashqarisini eslatuvchi hududlar ham barpo etildi. Shaharda haqiqiy ko‘chalardagiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitlar yaratilgan. Misol uchun, avtopilotda ishlovchi mashinalarning algoritmlari qanday ishlashini tekshirish uchun ba'zi yo‘l belgilari ustidan markerlar bilan chizib tashlangan, yo‘lning ba'zi qismlarida yo‘l ustiga tortilgan chiziqlar ataylab o‘chirilgan.

Bu shaharda, shuningdek, avtopilotda ishlovchi avtomobillarning bir-biri bilan o‘zaro harakati va avtomatizatsiyaning turli darjalari (salonda yo‘lovchi bo‘lgan va bo‘lmagan holatlar) sinovdan o‘tkaziladi. Poligonda olib borilayotgan ishlar yaqin oradagi Enn Arbor shahrida 2021 yilga kelib haydovchisiz avtomobillarning harakatlanishini boshlash uchun yordam berishi kerak. Mcity atrofidagi 129 499 kv. metr maydonda haydovchisiz avtomobillarni ishlab chiqarish korxonasini yaratish ham rejalashtirilgan.

Poligon loyihasi 2013 yilda tasdiqlangan edi. Poligon 2014 yilda qurila boshlangan. Michigan universiteti va transport departamenti ushbu loyihaga 10 mln dollar sarmoya kiritgan. Poligonning 15ta doimiy hamkori bo‘lib, ular uy yil ichida ushbu poligonga 1 mln dollardan va yana 33 ta kompaniya 150 ming dollardan sarmoya kiritadi.