Jahon | 16:03 / 22.07.2015
8191
1 daqiqa o‘qiladi

Migratsiya xizmati Rossiyadan 2.7 mln chet ellikni chiqarib yuborishi mumkin

Rossiya federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy migratsion qonunchilikni buzgan 2.7 mln chet ellik Rossiyadan chiqarib yuborilishi mumkinligini ma'lum qildi.
“Bugun Rossiyada 2.7 muhojir taxlika zonasida turibdi, ular mamlakatda bo‘lish muddatlarini buzgan va mehnat faoliyati hujjatlarini rasmiylashtirmagan”, – ta'kidladi Romodanovskiy.
Uning so‘zlariga qaraganda, 1.46 mln kishining mamlakatga kirishi taqiqlab qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish