Sport | 08:42 / 22.07.2015
2226
1 daqiqa o‘qiladi

Peres Xitoyda Ramos bilan muzokara o‘tkazadi

"Real" klubi prezidenti Florentino Peres himoyachi Serxio Ramos bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Xitoyda uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirdi.

Peres International Champions Cup musobaqasi doirasida "Inter" hamda "Milan"ga qarshi Guanchjou va Shanxayda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarni shaxsan tomosha qilishni rejalashtirmoqda. Aynan shu vaqtda Peres va Ramos o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" 29 yoshli himoyachi uchun madridliklarga 60 million yevro taklif qilgan. Qolaversa inglizlar klubi Ramos bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

O‘z navbatida Serxio Ramos "Real"dan ketishga tayyorligini ma'lum qilgan va rahbariyatdan o‘zi uchun bildirilgan takliflarni ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish