Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning 7 ming km yo‘llari pullik bo‘ladi
“QazAvtoJol” milliy kompaniyasi yangi avtomobil yo‘llarining operatoriga aylanadi. “Olma-Ota” kanalining ma'lum qilishicha, kompaniya 7 ming km yo‘l uchastkasida yuk tashuvchi transportdan pul undirishni yo‘lga qo‘yadi.
2020 yilga kelib Qozog‘istonda yuk oqimi 30 mln tonnaga yetadi. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 17 mln tonnaga teng. Transport koridorining YaIMdagi ulushi 7.5 foizni tashkil qilmoqda. Kompaniya mutasaddilarining fikricha, bundan unumli foydalangan holda, soliq tushumlarini yanada ko‘paytirish mumkin. Aynan shu tufayli bu tashabbus ilgari surildi.