Jahon | 20:17 / 22.07.2015
2171
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni qiroli kuzda Vashingtonga tashrif buyuradi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud joriy yilning kuzida AQShga rasmiy safar uyushtiradi.

Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Ar-Riyodda qirol bilan uchrashgandan keyin ma'lum qildi.

Bevosita uchrashuv oldidan Karter qirol Salmon al-Saudga AQSh prezidenti Barak Obama u bilan AQSh poytaxtida sentabr oyida uchrashishga umid bildirayotganini yetkazgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish