Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunisdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 12 kishi hibsga olindi
Tunis politsiyasi o‘tgan oyda Sus shahridagi mehmonxonalar hududida terakt amalga oshirilishiga aloqadorlikda gumon qilingan 12 kishini hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar qilgan.
Hibsga olinganlarning mamlakat hududida faoliyat olib boruvchi terroristik tashkilotlar a'zolari ekani gumon qilinmoqda.
Shuningdek, Tunis ichki ishlar vazirligi teraktga aloqadorligi gumon qilinayotgan va qidiruvda bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini e'lon qilgan.
Bundan oldinroq, Susdagi teraktga aloqadorlar sifatida 127 kishi qo‘lga olingandi.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyun kuni Tunisning O‘rta Yer dengizi sohilidagi 2ta mehmonxonada ikki nafar jangari mehmonlarni otishni boshlagan, natijada 39 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlangandi.