Jamiyat | 10:41 / 22.07.2015
2541
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda chekuvchilar soni 8 foizni tashkil qiladi

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Margaret Chan Ashxobodda bo‘lib o‘tgan “Erishilgan yutuqlarni mustahkamlash sog‘lom kelajak asosidir” mavzuidagi xalqaro konferensiya chog‘ida Turkmanistonda tamaki mahsulotlarining iste'mol qilinishini cheklash borasida erishilgan yutuqlarni e'tirof etdi.
“Tashkilotning yaqindagi kuzatuv va tahlil ishlari shuni ko‘rsatdiki, mamlakat aholisining faqat 8 foizi tamaki chekadi, bu butun dunyodagi eng past ko‘rsatkichdir”, – dedi tashkilot bosh direktori.
Chan xonim Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga tamakiga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar munosabati bilan faxriy belgi topshirdi.
Turkmaniston 2011 yili Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining tamakiga qarshi kurash konvensiyasiga qo‘shilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish