Iqtisodiyot | 07:35 / 23.07.2015
2596
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Shell’ga Arktikada neft qazib olishga ruxsat bermadi

AQSh ichki ishlar vazirligi Shell kompaniyasiga Arktikada shelf ishlarini olib borish uchun kerak oxirgi ikkita ruxsatnomani berdi, ammo neft qazib olishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Chukotka dengizida neft qazib olishga ruxsat berilishi uchun kompaniya maxsus asbob-uskunaga ega ekanligini isbotlashi talab qilinadi. Kompaniyaga tegishli Fennica muzyorarida o‘rnatilgan texnika shikastlanganligi aniqlandi.
Ayni paytda kema ta'mirdan chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish