Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tojikistonliklar Tolibon va IShIDga aloqador bo‘lmagan guruhlar tarkibiga qo‘shilmoqda
Suriyaga ketib qolgan ayrim tojikistonlik ekstremistlar Tolibon va IShIDga aloqador bo‘lmagan guruhlar tarkibida jang qilmoqda.
Aytilishicha, “Jaysh al-Muhojirin val-Ansor” guruhiga yaqinda komandir bo‘lgan etnik tojik Abu Ibrohim Xurosoniy iyun oyida chechenistonlik jangaridan bu lavozimni qabul qilib oldi. Guruh “Jabhat al-Nusra” tashkiloti bilan bog‘liq deb taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, tarmoqda “Qirim Jamoati” tarkibida jang qilayotgan ikki etnik tojikning nomi ma'lum bo‘ldi. Ular o‘zlarini Abdulla Tojik va Abu Umar al-Tojikiy deb atashadi.