Jahon | 08:16 / 23.07.2015
3660
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama Keniyaga tashrifi chog‘ida qarindoshlari bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama Afrika turnesi doirasida qarindoshlari bilan uchrashadi. Bu haqda uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, prezident oilaviy uyga bormaydi, ammo Keniyadagi rasmiy tadbirlardan birida qarindoshlari bilan uchrashadi.

Keniyada Obama Global Entrepreneurship Summit tadbirkorlik forumida ishtirok etadi. AQSh matbuoti Obamaning Keniyaga safarini Jon Kennedining 1963 yildagi Irlandiya safariga qiyoslamoqda. Uning afrikalik qarindoshlari uni ko‘p bora Keniyaga taklif qilishgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish