Jahon | 07:27 / 23.07.2015
2416
1 daqiqa o‘qiladi

Bir yilda Rossiyada chet elliklar soni 1 millionga kamaydi

Bir yilda Rossiyada chet elliklar soni 1 mln ga kamaydi. Bu haqda federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy matbuot anjumani chog‘ida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bunday “natija”ga xizmat migratsion qonunchilikni takomillashtirish va muhojirlik oqimlarini tartibga keltirish orqali erishdi.

Yil boshidan mamlakatga 10.6 mln chet ellik kirib keldi (o‘tgan yilning shu davrida – 11.2 mln), 9.4 mln kishi chiqib ketdi (o‘tgan yil ko‘rsatkichlari – 8.8 mln).

Muhojirlarning asosiy qismini O‘zbekiston (2.2 mln kishi), Ukraina (1.6 mln kishi, qochqinlardan tashqari), Tojikiston (1 mln kishi) fuqarolari tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish