O‘zbekiston | 18:23 / 23.07.2015
4963
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda chiqindini qayta ishlash orqali biogaz ishlab chiqariladi

Buxoro shahridagi "Maxsusavtoxo‘jalik" MChJ jamoasi maishiy chiqindilarni qayta ishlash orqali biogaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda "Narodnoye slovo" nashrida yozilgan.

Tashkilot rahbari Said Kenjayevning ma'lum qilishicha, avtoxo‘jalik tomonidan 3 mlrd so‘mlik lizing evaziga chiqindlilarni tashish uchun 19ta ISUZU hamda MAN va HOWA rusumli avtomashinalar sotib olingan.

"Shuningdek, 1 mlrd so‘m 55ta metall konteynerlar xaridi uchun sarflandi. Har kuni 37 nafar ishchi maxsus texnikalar orqali shahardagi 65ta mahalla hududidan 350 ming kubometr maishiy chiqindilarni yig‘ib kelishadi. Ayni vaqtda ko‘p qavatli binolar joylashgan tumanlarda 80ta maxsus chiqindixonalar tashkil etilgan. 26ta chiqindixona ta'mirlangan va 36tasi tayyorlanmoqda", deydi Said Kenjayev.

U shuningdek, xarajatlarni qisqartirish maqsadida transport vositalarida metandan foydalanishini ta'kidlab o‘tgan.

"Shu vaqtda mashinalarning 9tasi metan gazi bilan harakatlanmoqda. Tezkor ishlashni ta'minlash uchun mashinalarga GPS tizimi o‘rnatilgan", deydi rahbar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish