Jahon | 11:07 / 23.07.2015
3245
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada videokameralar chorrahaga “qizil”da chiqib ketgan avtomobillarni jazolaydi

Moskvada 1 avgustdan yo‘l kameralari svetoforning taqiqlovchi “qizil” chirog‘ida chorrahaga chiqib ketgan avtomobillarni qayd qila boshlaydi.

Bu qoidabuzarlik uchun 1000 rubl miqdorida jarima solinadi.

Moskvaning ba'zi ko‘chalar kesishmasida bu kameralar ushbu qoidabuzarliklarni qayd qilishni boshlaydi. Avvalroq bu chorrahalarda “qizil” chiroqda ularga chiqish taqiqlanganidan ogohlantiruvchi “vaflisimon” yo‘l chiziqlari tushirilishi ma'lum qilingandi.

Avvalroq Yo‘l harakati xavfsizlik bosh inspeksiyasining Moskva shahri bo‘yicha boshqarmasi kameralar tomonidan qayd qilingan xavfsizlik kamarini taqmagan qoidabuzarlarga jarima yuborishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi. Bunday holatlar alohida emas, balki boshqa qoidabuzarliklar bilan birga qayd qilinishi kutilmoqda.

2015 yilning oxirigacha Moskvada yo‘l kameralarining soni 1200tagacha yetkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish