Jahon | 14:52 / 23.07.2015
4157
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otada suv toshqini tufayli 900 kishi evakuatsiya qilindi

23 iyul kuni Qozog‘istonning ikkinchi yirik shahri Olma-otada suv toshqini tufayli favqulodda holat e'lon qilindi va 900 nafar kishi o‘z uylaridan evakuatsiya qilindi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar bergan.

"23 iyul kuni Kargalinka daryosida suv sathining ko‘tarilishi natijasida Olma-Ota shahridagi 900 kishi o‘z uylaridan ko‘chirildi", deb ma'lum qildi Qozog‘iston IIVning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Serik Abubakirov.

Qayd etilishicha, shahar hududidagi Navro‘zboy va Alatou tumanlari suv toshqini kuzatilgan. Hodisa jabrlanuvchilari haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish