Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olma-Otadagi sel oqibatlari
Sel kelishi oqibatida Olma-Otaning 3ta tumanida uylar suv ostida qoldi. Bu haqda shahar hokimining o‘rinbosari Yuriy Ilin ma'lum qildi.
“Sel oqimining kelishi natijasida 3ta tuman hududidagi uylar suv ostida qoldi. Eng ko‘p zarar Navro‘zboy tumaniga yetdi. Auezovskiy hamda Alatauskiy tumanlariga qisman zarar yetdi. Alatauskiy tumanidagi Algabas qishlog‘ida 97 ta uy suv ostida qoldi. Ular yashash uchun xavf tug‘dirmaydi. Vaziyatni nazorat ostiga olganmiz.
Zarar ko‘rgan oilalar eng kam ish haqining 100 barobari miqdoridagi yordam puli oladi”, – dedi Ilin payshanba kungi brifing vaqtida.
Shuningdek, Ilin ushbu hududlarda tibbiy yordamning chaqirilishi sel oqibatida olingan jarohatlar sababli emasligini ta'kidladi.