Jahon | 17:40 / 23.07.2015
9790
1 daqiqa o‘qiladi

Putin qirg‘izistonlik qizga 30 kg keladigan kuchuk bolasini sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirg‘izistonlik 10 yoshli Darya Yaitskayaga nyufaundlend naslidagi kuchuk bolasini sovg‘a qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

5-sinfda o‘qiydigan qizaloq Putinga ushbu nasldagi kuchuk sovg‘a qilishini so‘rab xat yozadi. “Darya xohlagan nasldagi kuchukni uzoq qidirdik hamda Qozog‘istondagi hayvonlar saqlanadigan joydan topildi va Qirg‘izistonga olib kelindi. Bugun ertalab uni Daryaga sovg‘a qildik”, – deb ma'lum qildi Rossiyaning Bishkekdagi elchixonasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kuchuk bolasining og‘irligi 30 kg keladi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish