Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda marhumlarga ham elektr bo‘yicha qarzdorlik yozilgani ma'lum bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Paxtalisoy qishlog‘ida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlar ro‘yxatida bu yerda yashamaydigan va hattoki muqaddam vafot etganlar nomlari ham qayd etilgani aniqlandi. Bu haqda "Adolat ko‘zgusi" nashrida yozilgan.
Ma'lum qilinishicha, bu qishloqda kuniga 1-2 soat davomida elektr energiyasi yoqiladi. Shunga qaramasdan, davlat xizmatchilari, xususan o‘qituvchi va shifokorlarning maoshidan har oyda 100-150 kilovatt uchun to‘lov olib qolingan.
Chiroqchi tumani prokurori O. Payanov qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilishi uchun tegishli choralar ko‘rilishini ma'lum qilgan.