Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
adidas kompaniyasining ijrochi direktori Platinini FIFA prezidentligi uchun eng munosib nomzod sifatida biladi
adidas kompaniyasining ijrochi direktori Gerbert Xayner UYeFAning amaldagi rahbari Mishel Platini FIFA prezidenti Yozef Blatterning o‘rnini bosish uchun asosiy nomzod ekanligini aytdi.
"Men Platini mavjud nomzodlar orasida eng munosibi deb bilaman. U UYeFA rahbarligi davrida a'lo darajada ish olib bormoqda", deydi Xayner Yahoo1 Sports nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, adidas kompaniyasi 1970 yildan buyon jahon chempionatlari uchun to‘plar ishlab chiqaradi. Kompaniya 2013 yilda FIFA bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgandi.
FIFAning yangi prezidentini aniqlash uchun saylov 2016 yilning 26 fevralida bo‘lib o‘tadi.