Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya radiosi Blatterga ish taklif qilmoqda
Buyuk Britaniyaning “Radio Yorkshir” radiostansiyasi FIFA prezidenti Yozef Blatterga ish taklif qildi.
20 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanda Blatter tashkilotni tark etgandan keyin radioda ishlash tilagini bildirgandi.
“Biz Blatterga keyingi yozda, u FIFAdan ketgandan keyin “Radio Yorkshir”da vakansiya taklif qilmoqchimiz. Agar u radiojurnalist bo‘lishni istayotgan bo‘lsa, unda bu kasbga o‘rganish uchun bundan yaxshiroq joy yo‘q”, deb aytdi radiostansiya vakili Sem Brijyes.
O‘tgan yildan faoliyatini boshlagan radiostansiya Yorkshir grafligidagi “Lids” stadioni yaqinida joylashgan.