Jahon | 21:11 / 24.07.2015
4041
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyadan Germaniyaga dengiz tubi orqali tunnel o‘tkaziladi

Daniya Yevropa Ittifoqidan Germaniyaga safar vaqtini ancha kamaytirishga imkon beradigan yangi avtomobil-temir yo‘l tunnelini qurish uchun ruxsat oldi.

19 km uzunlikka ega bo‘ladigan tunnel dengiz tubidan o‘tkaziladi va 8,7 mlrd dollarga aylanadi.
Yevrokomissiya ushbu loyiha YeIning davlat moliyalashtirish qoidalariga mos kelishi va Yevropa va Skandinaviya yarimoroli bilan transport aloqalarining ancha rivojlanishiga olib kelishi haqida xulosa qabul qildi.

Tunnel Daniyaning Lolland oroli bilan Germaniyaning Femarn orolini birlashtiradi. Qurilish ishlari 2016 yilning yanvarida boshlanadi. Tunnel 2024 yilga ochilishi rejalashtirilgan.

Tunneldan ikkita relsli temir yo‘li va to‘rt polosali avtomagistral o‘tkaziladi.

Tunnel Kopengagen va Gamburg o‘rtasida katta tezlikdagi aloqani ta'minlaydi. Ayni paytda bu shaharlar orasidagi masofani bosib o‘tish uchun poyezd 5 soat sarflaydi, tunnelning ochilishi bilan bu yo‘lni 2 soatda bosib o‘tish mumkin bo‘ladi.

Tunnelning qurilishi bilan Daniyaning Femern A/S davlat kompaniyasi shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish