Jamiyat | 18:50 / 24.07.2015
10201
1 daqiqa o‘qiladi

Kaniza turmush quradi va fotograflar haqida qo‘shiq aytadi

Xonanda Kaniza shu yilning kuz oylarida turmushga chiqayotganligini ma'lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi yozmoqda.
Xonandaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i san'at vakillaridan emas, shunga qaramay, u to‘ygacha o‘z juftining kimligini oshkor qilishni istamadi.
Bundan tashqari, Kaniza fotosuratchilarga atab qo‘shiq kuylashini ma'lum qildi
“Jurnalistlarga atab qo‘shiq kuyladim, endi navbat fotograflarga”, – deydi xonanda.
“Agarda Kanizaning navbatdagi rejasi amalga oshsa, haqiqatan olamshumul voqea bo‘lishi turgan gap. Axir shu paytgacha fotograflarga atab hech kim qo‘shiq kuylamagandi”, – deb yozadi gazeta muxbiri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish