Jamiyat | 15:32 / 24.07.2015
13630
2 daqiqa o‘qiladi

Lisenziyasi yo‘q xonanda nimalardan mahrum bo‘ladi?

Bugungi kunda o‘zbek xonandalari orasida litsenziyasi tugatilganlari ko‘p uchramoqda. Ushbu litsenziyasidan ajralgan xonandalar nimalardan mahrum bo‘ladi? Ular konsert, televideniye yoki radioda qo‘shiqlarini "aylantirishi" mumkinmi? Shu kabi savollarga javob olish uchun "O‘zbeknavo" Estrada birlashmasiga murojaat qildik. 

"O‘zbeknavo"ning Kun.uz saytiga ma'lum qilishicha, litsenziyasi bekor qilingan xonanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 29 iyundagi "Kontsert-tomosha faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 285-sonli qaroriga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda "O‘zbeknavo" Estrada birlashmasi tomonidan berilgan litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish, to‘y, yubiley hamda boshqa tantanalarda xizmat qilish, televideniye hamda radiolarda o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishga haqli emas, deb belgilangan. 

Lisenziya berish to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashish vakillari guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish