Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mitsubishi AQShdagi zavodini sotib, Osiyoga e'tibor qaratadi
Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi AQShda avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatib, tez rivojlanayotgan Osiyo bozoriga e'tibor qaratadi. Bu haqda Kyodo ma'lum qildi.
Bunga Mitsubishi’ning AQShda kam miqdorda sotilayotgani asosiy sabab bo‘lgan.
Kompaniyaning Illinoysdagi zavodi yiliga 120 ming dona avtomobil ishlab chiqarish kuchiga ega. Biroq 2014 yil yakunlariga ko‘ra, zavod 60 ming dona avtomobil chiqarish bilan cheklangan.
Yaqin orada zavod sotuvga qo‘yiladi. Shundan so‘ng, kompaniya o‘z avtomobillari savdosini Osiyoda rivojlantirishga harakat qiladi hamda Tailand va Filippindagi zavodlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.