Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murad Buildings Igor Mannning seminarida 20 nafar o‘qituvchining ishtirok etishini moliyalashtirmoqda
Murad Buildings qurilish kompaniyasi Toshkentdagi oliy ta'lim muassasalarining 20 nafar o‘qituvchisining 28 iyulda bo‘lib o‘tadigan marketing bo‘yicha murabbiy Igor Mannning seminarlarida ishtirok etishlariga homiylik qilmoqda.
“Biz o‘qituvchilar olgan bilimlari va malakalarini o‘zlarining talabalariga yetkazadilar, deb umid bildiramiz. Bu talabalar o‘z navbatida egallagan bilim va malakalarni amaliyotda va kelgusida o‘z bizneslarini tashkil etishda qo‘llaydilar. Zamonaviy biznes-texnologiyalarga ega ma'nan rivojlangan yoshlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va umuman jamiyatning gullab-yashnashi uchun eng yaxshi asosdir”, deb aytdi Murad Buildings kompaniyasining asoschisi Murodxon Nazarov.

Murad Buildings kompaniyasining asoschisi Murodxon Nazarov
O‘qituvchilar uchun bunday biznes-seminarda ishtirok etish Igor Mann shaxsiy tajribasidan olingan amaliy misollar bilan o‘z nazariy bilimlarini mustaqkamlash uchun yaxshi imkoniyatdir.
O‘qituvchilardan har biri o‘ziga berilgan imkoniyatni yuqori baholadi va Murad Buildings kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Igor Mann — Rossiyaning eng taniqli marketologi va shu bilan birga marketing bo‘yicha ko‘plab kitoblar muallifi hisoblanadi. Mann turli davlatlarda marketing bo‘yicha korporativ va ochiq treninglar o‘tkazadi.