Jahon | 00:23 / 24.07.2015
9858
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriya prezidenti Obamani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi

Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy 20 iyulda Nigeriya uchun qo‘shimcha yordam so‘rash maqsadida Vashingtonda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi.

Buxoriy AQShni “Boko Haram” terrorchilik guruhini bilvosita qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Uning fikricha, Vashington inson huquqlari buzilishini ro‘kach qilib Abujaga (Nigeriya poytaxti) harbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortishi bilan terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Buxoriy Nigeriya “inson huquqlarining buzilishi” sababli kiritilgan taqiqlovlar tufayli AQSh yetkazib berishi mumkin bo‘lgan zaruriy qurol-aslaha va texnologiyalarga ega bo‘la olmayotganini aytmoqda.

2015 yilning iyunida Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti Nigeriya harbiylari tomonidan qo‘lga olingan 8 ming jangari o‘lganini ma'lum qilgan. Biroq Nigeriya hukumati bu ma'lumotni inkor etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish