Jamiyat | 00:33 / 24.07.2015
6996
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik poygachining o‘g‘li bilan birga amalga oshirgan drifti internetni zabt etmoqda

O‘zining kichik yoshdagi o‘g‘li bilan test-drayvlar amalga oshiruvchi qozog‘istonlik poygachi Anton Avdeyev o‘g‘li bilan drift uchun mo‘ljallangan “Toyota”da yonboshlab ketayotganlari aks etgan videoni internetga joylashtirdi.

“Men va 5 yoshli o‘g‘lim Mobilex trassasida Toyota JZ86 Gorilla Tru avtomobilida yonboshlab harakatlanmoqdamiz”, deb izoh berdi videoga Avdeyev.

Avdeyevning aytishicha, uning 5 yoshli o‘g‘li haqiqiy ekstrimni amalga oshirishga tayyor. Bu bolakay uchun birinchi drift emas. Bolakay 3 yoshidan beri qizib ketgan rezinaning hidi bilan tanish.

Videoda bolakay tezlikdan qo‘rqmasligini kameraga namoyish qilmoqda.

Ota-bola o‘z driftlarini Olma-ota viloyatidagi maxsus mashg‘ulotlar maydonida amalga oshirishadi.