Sport | 15:43 / 24.07.2015
2945
3 daqiqa o‘qiladi

"Sen Yolg’iz Emassan" Fondi O‘zbekiston termasining Xalqaro maxsus yozgi Olimpiada uyinlaridagi ishtirokida homiylik qilmoqda

AQShning Los-Anjyeles shahrida XIV Butunjahon Maxsus yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilishiga biroz vaqt qoldi. Bu o‘yinlar har to‘rt yilda o‘tkazilib, joriy yilgi musobaqada 170 davlatdan 7000 nafar sportchi qatnashadi.

Intellektual imkoniyatlari cheklangan insonlarga mo‘ljallangan Maxsus Olimpiadaga AQSh prezidenti Jon Kennedining singlisi Yunis Kennedi Shrayver tashabbusi bilan asos solingan. Birinchi Xalqaro maxsus yozgi Olimpiada uyinlari 1968 yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan.

20 nafar yosh sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur jahon musobaqalarida qatnashadi. O‘zbekiston vakillari sportning 6 xil turi, ya'ni badiiy va sport gimnastikasi, suzish, stol tennisi, badminton va yengil atletika buyicha kuch sinashadilar.

Qayd etish joizki, terma jamoaning bu turnirda ishtirok etishi tashabbusini "Sen Yolg’iz Emassan" Fondi qo‘llab quvvatladi va o‘z homiyligini taklif etdi.

Musobaqalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari O‘zbekiston gimnastika Federatsiyasining sport majmuasida olib borildi, u yerda sportchilarga yashash, mashq qilish uchun barcha sharoitlar hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tish va turli sog‘lomlashtirish muolajalari tashkil etildi.

“Bolalarning istaklarini inobatga olgan holda ular uchun musobaqalardan oldin qiziqarli madaniy dastur tashkil etdik Mashhur Disneylend va Yuniversal Studios istirohat bog‘larida hamda Tinch okeani qirg‘og‘idagi shaharchalarda sayr qilish ushbu dasturdan joy olgan.

Bu sayohat bolalarimiz uchun unutilmas bo‘lib qoladi deb umid qilamiz. Biz ular bilan fahrlanamiz. Ular nihoyatda irodali, qiyinchiliklarga hech qachon taslim bo‘lmasdan doimo g‘alabaga intiluvchi bolalardir. Bolalar, ularning ota-onalari, oila va vasiylari uchun Maxsus Olimpiada o‘yinlari juda ham muhim bo‘lgan xalqaro ijtimoiy tadbirdir. Bolaga bo‘lgan mehr va ishonch ko‘p narsaga qodir degan haqiqat yana bir marotaba o‘z tasdig‘ini topdi!”, deb yozadi fond rahbari Lola Karimova-Tillayeva o‘zining feysbukdagi sahifasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish