Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv sporti turlari bo‘yicha JChda 13 nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashadi
Avval xabar berganimizdek, 24 iyuldan 5 avgustga qadar Rossiyaning Qozon shahrida suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. Dunyoning 190 davlatidan 2651 nafar sportchi ishtirokida o‘tkaziladigan mazkur jahon chempionatida Rio-2016 Olimpiadasiga yo‘llanmalar o‘ynaladi.
Ushbu jahon chempionatida O‘zbekistondan 13 nafar sportchi suvga sakrash, sinxron suzish va suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi. Suvga sakrash va sinxron suzish bo‘yicha terma jamoamiz a'zolari Qozon shahrida bo‘lib turishibdi. Delegatsiyaning qolgan a'zolari 28 iyul kuni Tataristonga yo‘l olishadi.
Bugun esa “Tatneft-Arena”da jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Mezbon sifatida Rossiya terma jamoasi bayrog‘ini stadion bo‘ylab olib o‘tish sinxron suzish bo‘yicha Olimpiada chempioni Natalya Ishenkoga topshirilgan. Sportchilar orasidan musobaqa qasamyodini Yana Martinova, hakamlardan Aleksey Akatev qabul qiladi.