Jamiyat | 23:57 / 24.07.2015
2338
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioda kitobsevarlar uchun xostel ochiladi

Yaponiyada sentabrda kitobsevarlar uchun xostel (xonasida qo‘shimcha qulayliklar bo‘lmagan arzon mehmonxona) ochiladi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri. Yangi mehmonxona Tokioning Tosima tumanida ochiladi. U Book and Bed (“Kitob va yotoq”) nomini oldi.

Mijozlarga kechani kutubxona yoki kitob do‘konini eslatib yuboruvchi umumiy xonada o‘tkazish taklif etiladi. Xoli qolishni istovchilar uchun bu xostel uncha to‘g‘ri kelmaydi, chunki yotoqlar kitob javonlaridagi tokchalarga joylashtirilgan. Nashrning ta'kidlashicha, ushbu xostelni “kitob shinavandasining orzusi” deb atash mumkin.

Mehmonxonada kunduzi ham to‘xtash mumkin. Mehmonxona narxi ma'lum qilinmagan.

Yangi xostel asosan xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan.

Avvalroq Yaponiyada robotlar xizmat ko‘rsatuvchi, Godzillaga bag‘ishlangan mehmonxonalar ochilgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish