O‘zbekiston | 18:26 / 24.07.2015
2996
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Vladimir Visotskiyga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

23 iyul kuni Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi huzuridagi Anna Axmatova nomidagi “Mangalochiy dvorik” muzey-klubida Vladimir Visotskiyga bag‘ishlangan xotira kechasida uning barcha muxlislari va mehmonlar bir joyga yig‘ildi.

Klubda mashhur qo‘shiqchining muxlislari uning she'rlari, qo‘shiqlarini ijro etish, kinomateriallarni ko‘rish orqali 1980 yil 25 iyulda vafot etgan Visotskiy vafotining 35 yilligini kutib olishdi.

Qo‘shiqchining1979 yil iyulida O‘zbekistonga uyushtirgan oxirgi gastrollari haqida hikoya qiluvchi “Visotskiy. Tirik bo‘lganing uchun rahmat” badiiy filmi namoyishga chiqarilgandan keyin keng omma qo‘shiqchining turmushidagi ko‘p faktlardan xabardor bo‘ldi.

Kechada Rossiyaning MDH, xorijda yashovchi vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha federal agentligi vakillari, shoir va adabiyotshunoslar, jamoatchilik va ilmiy tashkilotlar vakillari, O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish