Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamayka va Meksika terma jamoalari KONKAKAF kubogi finalida o‘ynashadi
23 iyul kuni KONKAKAF kubogi turnirida yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Kutilmaganda AQSh terma jamoasi Yamaykaga imkoniyatni boy berdi. Meksika esa qo‘shimcha vaqtlarda Panamani mag‘lub etdi.
Qayd etish joizki, panamaliklar o‘yinning 25 daqiqasidan boshlab, maydonda 1 kishi kam bo‘lgan holda harakat qilishgan. O‘yin yakunlanishi arafasida panamaliklar darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilangach, bu zarbani aniq ijro etgan Guardado o‘yinni ekstra-taymlarga o‘tkazgan. Qo‘shimcha taymlarning ikkinchisi davom etayotgan paytda hakam Panama darvozasiga yana bir bor 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan va yana bir bor Guardado bu zarbani amalga oshirgan.
Final o‘yini 26 iyul kuni Meksika va Yamayka o‘rtasida Filadelfiya shahrida o‘tkaziladi. AQSh va Panama terma jamoalari esa 25 iyul kuni Chester shahri mezbonlik qiladigan o‘yinda uchinchi o‘rin uchun o‘ynashadi.
KONKAKAF kubogi, yarim final
AQSh – Yamayka 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 31 Mettoks, 0:2 – 36 Barns, 1:2 – 48 Bredli.
AQSh – Gyuzan, Alvarado, Jonson, Bruks, Evans, Bekkerman (Diskerud, 67), Bredli, Bedoyya (Yyedlin, 78), Yuxannsson (Gordon, 73), Dempsi, Zardes.
Yamayka – Tompson, Xektor, Mariappa, Lourens, Morgan, Ostin, Uotson, Makkliri (Grant, 90), Makanuff, Mettoks (Doukins, 57), Barns (Xamfri, 85).
Ogohlantirishlar: Bekkerman (33), Makkliri (45), Yyedlin (88).
Panama – Meksika 1:2 (0:0, 1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 57 Torres, 1:1 – 90, penalti Guardado, 1:2 – 105, penalti Guardado.
Panama – Penedo, Torres, Devis, Kammingz, Machado, Kintero, Kuper, Godoy, Pimentel (Enrikes, 87; Stivens, 109), Texada, Nurse (Arroyo, 79).
Meksika – Ochoa, Rodriges, Alanis (Eskivel, 46), Agilyar, Reyyes, Dos Santos, Layyun (Orosko, 77), Vela, Errera (Korona, 59), Guardado, Peralta.
Ogohlantirishlar: Vela (4), Godoy (27), Errera (55), Nurse (79), Pimentel (83), Kintero (89), Kuper (90), Agilyar (90), Orosko (95), Torres (105), Kammingz (108).
Chetlatish: Texada (25).