Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainada yangi mashg‘ulotlar o‘tkazmoqchi
AQSh Ukraina g‘arbida, Polsha chegarasi yaqinida yangi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga qaror qildi, deb ma'lum qildi AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner.
“Bu mashg‘ulotlar mart oyida e'lon qilingan milliy gvardiya bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar kabi bo‘ladi”, deb aytdi Toner.
Tonerning aytishicha, AQSh kuzda ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik doirasida Ukrainaga mamlakat qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibini tayyorlashga ko‘mak beradi.
21 iyul kuni Ukrainaning Lvov viloyatida Saber Guardian/Rapid Trident 2015 xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi. Mashg‘ulotlarda Ukraina tomondan 800 ga yaqin, NATOga a'zo davlatlardan umumiy hisobda 2 mingga yaqin harbiy xizmatchi (eng ko‘p AQShdan) ishtirok etmoqda.
Ukraina Mudofaa vazirligi ushbu mashg‘ulotlar bunday formatda joriy yilda o‘tkazilayotgan eng yirik mashg‘ulotlar ekanligini aytdi.