Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Olimpiada-1980 natijalarini qayta ko‘rishni talab qilmoqda
Avstraliya yengil atletika federatsiyasi 1980 yili Moskvada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining uch hatlab sakrash musobaqasidagi natijalarini qaytadan ko‘rib chiqishni talab etmoqda.
Avstraliyaliklar Yan Kempbell qoidaga zid tarzda oltin medaldan mahrum etilganini isbotlab berishlarini ta'kidlashgan. U 17,39 va 17,89 metrlar oralig‘ida yerga tushgan, biroq sakrashda qoidani buzgani uchun bu natija inobatga olinmay, yakunda 5-o‘rinni egallagandi.
Xalqaro yengil atletika federatsiyasiga yo‘llangan maktubda avstraliyalik sportchi qoidani buzmagani ko‘rsatilgan. O‘shanda oltin medal Sobiq Ittifoq vakili Yaaku Uudmyaega nasib etgandi.